Asosiy qismga o‘tish

Foydalanish shartlari

Qoralama — yurist tekshiruvidan o‘tmoqda

Kvadrat qavsdagi joylar, masalan [kompaniya nomi], hali to‘ldiriladi.

Mundarija
  1. Xizmat. Tiltmeter bilaguzuk ma’lumotidan puls, stress va Tilt indeksini hisoblaydi, tanaffus va nafas mashqlarini taklif qiladi. Xizmatni [kompaniya nomi] ko‘rsatadi.#
  2. Tibbiy qurilma emas. Ko‘rsatkichlar va maslahatlar umumiy salomatlik (wellness) uchun. Ular tashxis yoki davolash emas. Ko‘krakda og‘riq, bosh aylanishi yoki puls juda yuqori bo‘lsa — o‘yinni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling. Favqulodda holatda: [103].#
  3. Yosh. Kamida 13 yosh. 13–17 yoshda ota-ona (vasiy) roziligi shart. Ota-ona rozilik berganda farzandi nomidan shu shartlarga rozi bo‘ladi.#
  4. Hisob. Kirish faqat Gmail va unga keladigan kod orqali. Kodni hech kimga bermang. Tug‘ilgan sanani to‘g‘ri kiriting — u keyin o‘zgartirilmaydi.#
  5. To‘g‘ri foydalanish. Xizmatni buzishga, boshqalarning ma’lumotiga kirishga, ko‘rsatkichlarni soxtalashtirib turnir yoki reytingda ustunlik olishga urinmang. Tiltmeter o‘yin fayllariga va xotirasiga kirmaydi; anti-cheat tizimlariga xalaqit bermaydi.#
  6. Murabbiy va jamoa. Murabbiy faqat siz (va 18 yoshgacha bo‘lsangiz, ota-onangiz) ruxsat bergan ma’lumotni ko‘radi. Murabbiy olgan ma’lumotni faqat jamoa tayyorgarligi uchun ishlatishi shart.#
  7. AI murabbiy. Javoblar umumiy maslahat. Ular murabbiy, psixolog yoki shifokor o‘rnini bosmaydi.#
  8. Ma’lumotlar. Qanday ma’lumot yig‘ilishi va saqlanishi Maxfiylik siyosatida.#
  9. Pullik xizmatlar. Premium joriy qilinganda narx va shartlar to‘lov oynasida ko‘rsatiladi; to‘lov App Store / Google Play orqali.#
  10. Javobgarlik. Xizmat «boricha» ko‘rsatiladi. Bilaguzuk yoki telefon noto‘g‘ri o‘lchasa, ulanish uzilsa, o‘yin natijasi uchun javob bermaymiz. [Qonunda ruxsat etilgan chegara — yurist].#
  11. To‘xtatish. Hisobingizni istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin. Shartlar buzilsa, hisobni to‘xtatishimiz mumkin.#
  12. O‘zgarishlar va qonun. Shartlar o‘zgarsa ilovada xabar beramiz. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo‘llaniladi. Aloqa: [support@tiltmeter.uz].#